Onlayn hujjat topshirish: Abituriyentlar uchun qo‘llanma 2024

Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish bo‘yicha to‘liq qo‘llanma. Ro‘yxatdan o‘tish, OTM tanlash va invoys to‘lash tartibi bilan tanishing.

7
Onlayn hujjat topshirish: Abituriyentlar uchun qo‘llanma 2024

Onlayn hujjat topshirish tartibi

Oliy ta'lim vazirligi abituriyentlar uchun uydan chiqmagan holda, mobil telefon yoki kompyuter yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratdi. Ushbu maqolada hujjatlarni qanday topshirish bo‘yicha batafsil ma'lumot beramiz.

Tizimga kirish va ro‘yxatdan o‘tish

Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar. Tizimga kirish uchun telefon raqam va maxfiy kalit so‘zni kiritish kifoya. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni oldindan o‘rganib chiqsangiz, tanlov qilish osonroq bo‘ladi.

Shaxsiy maʼlumotlarni kiritish

Tizimga kirgandan so‘ng pasport maʼlumotlari, identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat) va taʼlim muassasasi haqidagi maʼlumotlar to‘ldiriladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borish muhim.

Imtiyozlar va OTM tanlash

Agar abituriyent imtiyozga ega bo‘lsa, tegishli bo‘limda ma'lumotlarni kiritishi mumkin. Shundan so‘ng, beshta yo‘nalishgacha tanlash imkoni beriladi:

  • Taʼlim shakli: kunduzgi, sirtqi yoki kechki
  • Taʼlim tili: o‘zbekcha, ruscha, qoraqalpoqcha
  • Test topshirish grafika tili
  • Test topshirish hududi

Invoys to‘lov

O‘tgan yillari taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar uchun test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan miqdorda to‘lov amalga oshirilishi shart. To‘lovni Click, Payme yoki bank kassalari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Video qo‘llanmalar

My.gov.uz sayti orqali

OTMlarga hujjatlarni my.gov.uz portali orqali ham topshirish mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar