2024-yil 16-aprel: Nostrifikatsiya test sinovlari manzillari
Xorijiy davlatda olingan diplomlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2024-yil 16-aprel kuni respublikamizning 7 ta hududida tashkil etiladi. Ushbu imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalar va abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz.
Agar siz kelgusida oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz, tegishli ma’lumotlarni portalimizdan olishingiz mumkin.
Hududlar bo‘yicha imtihon manzillari
- Toshkent shahri: Bilimni baholash agentligi binosi (Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy).
- Namangan viloyati: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyat bo‘limi (Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi).
- Buxoro viloyati: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyat bo‘limi (Buxoro tumani, Bog‘idasht MFY).
- Surxondaryo viloyati: Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti binosi.
- Qashqadaryo viloyati: Qarshi davlat universiteti Matematika fakulteti binosi.
- Samarqand viloyati: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali.
- Xorazm viloyati: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyat bo‘limi.
Talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va hududlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Imtihonga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtdan kechikmay kelish talab etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.