Nega kirish imtihonlarida kalkulyator taqiqlangan?

Kirish imtihonlari va olimpiadalarda kalkulyatordan foydalanish qoidalari nega farq qiladi? Bilim va malakalarni baholash agentligi izohi.

6
Nega kirish imtihonlarida kalkulyator taqiqlangan?

Kirish imtihonlarida kalkulyator nega taqiqlangan?

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilmasligi abituriyentlar o‘rtasida ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, xalqaro va respublika olimpiadalarida kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi bu qoidada ikki xillik borligidek taassurot uyg‘otadi.

Imtihon va olimpiada farqi: Mutaxassislar izohi

Bilim va malakalarni baholash agentligi mas​ agentligi mas’ullari ushbu holatni savollarning qiyinlik darajasi va turi bilan izohlashadi:

  • Kirish imtihonlari: Testlar uch darajali (oson, o‘rta va qiyin) bo‘lib, yopiq turdagi savollardan iborat. Ulardagi sonlar maxsus tanlangan bo‘lib, kalkulyatorsiz hisoblashga mo‘ljallangan.
  • Olimpiadalar: Yozma ish shaklida o‘tadi, vaqt qat’iy cheklangan va savollar darajasi o‘ta murakkab bo‘lgani uchun hisob-kitob qiyin sonlar bilan amalga oshiriladi.

Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar

Agar siz joriy o‘quv yilida imtihonlarga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, quyidagi foydali resurslar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz:

Imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishda DTM standartidagi test tizimi yordamida o‘z bilimingizni sinab ko‘ring. Shuningdek, Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib, o‘z maqsadlaringizni aniqlashtirib oling.

Ta’lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar