Matematiklar uchun T.A. Sarimsoqov nomidagi yangi stipendiya

Matematika yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi maxsus stipendiya joriy etildi. Batafsil ma’lumot.

6
Matematiklar uchun T.A. Sarimsoqov nomidagi yangi stipendiya

Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiya: Kimlar topshira oladi?

Matematika yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Akademik Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov nomidagi yangi stipendiya joriy etildi. Ushbu imkoniyat talabalar uchun o‘z ilmiy salohiyatini namoyon etishda katta turtki beradi.

Stipendiya kimlarga tayinlanadi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, stipendiya quyidagi toifadagi nomzodlarga taqdim etiladi:

  • Matematika yo‘nalishida 2-kursni tugatgan bakalavriat talabalari;
  • 1-kursni muvaffaqiyatli yakunlagan magistratura talabalari;
  • 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlar.

Nomzodlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida yuqori natijalarni qayd etgan bo‘lishi va ilmiy izlanishlarga qiziqishi lozim.

Stipendiya miqdori va kvotalar

2020-2021 o‘quv yili uchun belgilangan kvotalar quyidagicha:

  • Bakalavriat talabalari uchun: 5 nafar (10 oy davomida har oyda 750 ming so‘m);
  • Magistrantlar uchun: 5 nafar (10 oy davomida har oyda 1 mln so‘m);
  • Tayanch doktorantlar uchun: 5 nafar (10 oy davomida har oyda 1,5 mln so‘m).

Mazkur stipendiya Prezidentning 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarori asosida Matematika instituti huzuridagi Jamg‘arma tomonidan ta’sis etilgan.

Stipendiya nizomi va u haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi fayl orqali yuklab olishingiz mumkin:

Stipendiya nizomi batafsil.pdf

Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar