Maqsadli qabul nima va u qanday ishlaydi?
Ta'lim tizimidagi yangiliklar abituriyentlar uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Maqsadli qabul kvotalari yo‘nalishlar va hududlar kesimida taqsimlanadi. Bu esa o‘z hududingizdagi o‘rinlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanlovda qatnashish imkonini beradi.
Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
Ushbu kvotadan foydalanish uchun abituriyent tegishli hududda doimiy ro‘yxatda (propiska) turishi hamda umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limni tamomlaganligi haqidagi hujjatga ega bo‘lishi shart.
Maqsadli qabulning foydali va zararli tomonlari
Abituriyentlar uchun abituriyentlar uchun foydali bo‘lgan ushbu tizimning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilamiz:
Foydali tomonlari:
- Pastroq ball bilan grant: Maqsadli kvota orqali umumiy tanlovga qaraganda bir oz pastroq ball bilan grant asosida o‘qishga kirish imkoniyati mavjud.
- Hududiy ustunlik: O‘z hududingiz uchun ajratilgan maxsus o‘rinlar uchun kurashasiz.
Zararli tomonlari:
- Ko‘chirish (perevod) taqiqlangan: Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabalar o‘qishini boshqa joyga ko‘chira olmaydi.
- Hududiy majburiyat: O‘qishni tamomlagandan so‘ng, taqsimot bo‘yicha o‘z hududida kamida 5 yil ishlab berish majburiyati mavjud.
Maqsadli qabul qanday tanlanadi?
Onlayn ariza topshirish jarayonida maqsadli qabulni tanlagan abituriyent ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. Agar maqsadli qabul uchun yetarli ball to‘plana olmasa, abituriyent umumiy tanlovda o‘z imkoniyatini sinab ko‘radi. Balli yetsa, u talaba bo‘lishi kafolatlanadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.