Maktablarga yangi toifalash tizimi joriy etildi
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikani kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy qilinmoqda. Endilikda har bir maktab o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar darajasiga qarab toifalarga ajratiladi.
📎 Rasmiy hujjat: Yangi nizom matni (Google Drive)
Maktablar qanday toifalanadi?
Yangi tartibga ko‘ra, maktablar faoliyati quyidagi uchta toifa asosida baholanadi:
- “Yashil” toifa – hisobot davrida maktab o‘quvchilari tomonidan hech qanday jinoyat sodir etilmagan bo‘lsa.
- “Sariq” toifa – hisobot davrida 1–3 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa.
- “Qizil” toifa – hisobot davrida 3 tadan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lsa.
Ushbu tizim maktablarda ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash va profilaktik ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Ta’lim sifatini oshirish va maktab darsliklarini yuklab olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.
Maktablardagi o‘zgarishlar va pedagog kadrlar attestatsiyasi haqidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan infoedu.uz orqali tanishib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.