Termiz shahridagi "Surxon" sport majmuasida Prezident maktabiga kirish imtihonining ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli o'tkazildi. Joriy yilda viloyat bo'yicha umumta'lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 4 ming 356 nafar o'quvchi birinchi bosqichda ishtirok etgan bo'lsa, saralash natijalariga ko'ra ularning 480 nafari ikkinchi bosqichga yo'llanma oldi.
Nomzodlar 16 guruhga bo'lingan holda belgilangan vaqt oralig'ida test sinovlarini topshirdi. Imtihon oldidan o'quvchilar Prezident maktablariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan o'tkazilishi bilan yaqindan tanishib chiqqani ularga katta yordam bergan bo'lsa ajab emas.
Test topshiriqlari
Ikkinchi bosqichda nomzodlar ikki yo'nalish bo'yicha sinov topshirdi:
- Matematika: tanqidiy fikrlash va muammolarni hal etish bo'yicha 40 ta test topshirig'i, 90 daqiqa;
- Ingliz tili: grammatika va matn bilan ishlashga oid 40 ta test topshirig'i, 40 daqiqa.
Natijalar qachon e'lon qilinadi?
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon o'tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida xalqaro "Cambridge" tashkiloti tomonidan e'lon qilinadi.
Qabul ko'rsatkichlari
Yakuniy natijalarga ko'ra, har bir Prezident maktabiga 24 nafardan o'quvchi qabul qilinadi. Respublika bo'yicha jami 14 ta Prezident maktabiga 336 nafar o'quvchi qabul qilinishi kutilmoqda.
Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida kuzatib borishingiz mumkin.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.