Tanlov natijalari e'lon qilindi, tavsiyanomalar tarqatildi. Endi eng muhim savol: g'olib bo'lgan nomzodlar qanday tartibda ishga qabul qilinadi? Jarayon tasdiqlangan nizom asosida bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Quyida bosqichma-bosqich tushuntiramiz.
Ishga qabul qilishning 5 bosqichi
1-bosqich (5 ish kuni): Komissiya kotibi platforma orqali tavsiyanomani Respublika "Kelajak" markaziga kelishish uchun yuboradi.
2-bosqich (7 ish kuni): Respublika "Kelajak" markazi tavsiyanomani ko'rib chiqib, tasdiqlaydi.
3-bosqich (3 ish kuni): Nomzod tavsiyanoma tasdiqlangach, umumta'lim maktabi direktoriga ishga kirish uchun ariza topshiradi.
4-bosqich (3 ish kuni): Maktab direktori ishga qabul qilish bo'yicha buyruqni rasmiylashtirib, tegishli xulosa olish uchun Adliya organining E-huquqshunos tizimiga yuboradi.
5-bosqich (2 ish kuni): Xulosa olingach, direktor buyruq bilan tanishtiradi va nomzodni lavozimga qabul qiladi.
Jami jarayon 20 ish kunigacha davom etishi mumkin.
Tanlov statistikasi
Eslatib o'tamiz, tanlovning ikkinchi mavsumiga 42 932 ta ariza kelib tushgan edi. Shundan 38 303 nafar nomzod test sinovlarida ishtirok etdi, 19 294 nafari suhbat bosqichiga yo'llanma oldi. Yakuniy bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar endi yuqoridagi tartib asosida maktablarga ishga qabul qilinadi.
InfoEdu.uz jurnalistlari maktab ta'limidagi barcha kadrlar yangiliklarini muntazam yoritib boradi.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.