Maktab direktorlari va psixologlar AQSHda malaka oshiradi

O‘zbekiston va AQSH ta’lim hamkorligi qanday yangi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi? Maktab direktorlari va psixologlar uchun nima rejalashtirilgan — maqoladan bilib oling.

Maktab direktorlari va psixologlar AQSHda malaka oshiradi

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ta’lim hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda — maktab direktorlarining malakasini oshirish hamda maktab psixologlarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Ta’limni rivojlantirish markazi.

Uchrashuv qayerda bo‘lib o‘tdi?

Joriy yilning 18-avgust kuni Vashington shahrida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan.

Reklama

Muzokaralarda ikki ustuvor yo‘nalish — O‘zbekiston maktab direktorlarining AQSHda malakasini oshirish hamda maktab psixologlarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Qanday kelishuvga erishildi?

Muzokaralar yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikka jalb etilishi mumkin bo‘lgan tegishli tashkilotlar va malakali ekspertlar ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, ular uchun aniq malaka va tanlov mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq rektorlar maktabi bitiruvchilarining Harvard universitetida malaka oshirishi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Maktab direktorlarining AQSHda malakasini oshirish hamda maktab psixologlarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlari.
18-avgust kuni Vashington shahrida, Ta’limni rivojlantirish markazi va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi o‘rtasida. Uchrashuv O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida o‘tdi.
Hamkorlikka jalb etiladigan tashkilotlar va ekspertlar ro‘yxatini shakllantirish hamda aniq malaka va tanlov mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar