O‘zbekistonda maktab maslahatchisi lavozimiga qabul jarayoni maxsus tanlov asosida amalga oshiriladi. Ushbu yangi lavozim 2025-yildan boshlab maktablarda joriy etilib, o‘quvchilarning ta’limi, kasb tanlashi va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda ko‘pchilik “maktab maslahatchisi lavozimiga qanday ariza topshiriladi?” degan savol bilan qiziqmoqda. Nomzodlar arizalarni onlayn tarzda maxsus platforma orqali yuborishlari mumkin.
Ariza qayerga topshiriladi?
Maktab maslahatchisi lavozimiga hujjatlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali topshiriladi. Platformada mavjud vakansiyalar, tanlov bosqichlari va talablar bilan tanishish mumkin.
Tanlov qanday o‘tadi?
Tanlov odatda ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
- test sinovi;
- suhbat bosqichi.
Testda nomzodlarning pedagogika, psixologiya, media savodxonlik va qonunchilik bo‘yicha bilimlari tekshiriladi. Suhbat jarayonida esa kommunikativ ko‘nikmalar va amaliy yondashuv baholanadi.
Nomzodlarga qanday talablar qo‘yiladi?
Maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:
- kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
- pedagogika yoki psixologiya yo‘nalishi;
- kompyuter savodxonligi;
- muloqot ko‘nikmalari.
Muhimi, ushbu lavozim uchun ish staji majburiy emas. Shu sababli yangi bitirgan yoshlar ham tanlovda qatnashishi mumkin.
Maktab maslahatchisi nima ish qiladi?
Maktab maslahatchisi o‘quvchilarning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish hamda media va raqamli savodxonligini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Lavozim haqida batafsil ma’lumotni Maktab maslahatchisi o‘zi kim? maqolasi orqali o‘qishingiz mumkin.
Maktab maslahatchisi oylik maoshi
2026-yil holatiga ko‘ra, maktab maslahatchisi oylik maoshi maktab direktori o‘rinbosari maoshiga tenglashtirilgan. Bundan tashqari, menejerlik sertifikatiga ega xodimlarga qo‘shimcha ustamalar ham beriladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.