Abituriyentlar va talabalar uchun muhim ma'lumot: 2025-yilgi kirish imtihonlari yangilangan tartibda o'tkaziladi. Agar siz o'z yo'nalishingiz bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, ushbu qo'llanmani diqqat bilan o'qing.
Imtihon formati: 5 ta fan va 90 ta test
Kirish imtihonida abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta savol tushadi. Buning uchun jami 3 soat vaqt ajratiladi. 
Majburiy 3 ta fan (Har biridan 10 ta savol)
- Ona tili: 10 ta savol (har biri 1,1 ball) – Maksimal 11 ball.
- Matematika: 10 ta savol (har biri 1,1 ball) – Maksimal 11 ball.
- O‘zbekiston tarixi: 10 ta savol (har biri 1,1 ball) – Maksimal 11 ball.
Majburiy fanlardan jami 33 ball to‘plash mumkin.
Mutaxassislik fanlari (60 ta savol)
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan quyidagicha baholanadi:
- 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball.
- 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball.
Mutaxassislik fanlaridan jami 156,0 ball to‘plash imkoniyati mavjud. Umumiy hisobda maksimal ball 189 ni tashkil etadi.
Tayyorgarlik jarayonida DTM standartidagi test tizimi yordamida o'z bilimlaringizni sinab ko'rishingiz mumkin. Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.