Majburiy fanlar bo'yicha test topshiriqlari taqsimoti
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida majburiy fanlar blokidan tushadigan test topshiriqlarining mavzular kesimidagi taqsimoti abituriyentlar uchun muhim ahamiyatga ega. Quyida fanlar bo'yicha foizli ko'rsatkichlar keltirilgan.
Ona tili fanlari bo'yicha testlar
Ona tili fanidan testlar quyidagi bo'limlar bo'yicha taqsimlanadi:
- Ona tili (o‘zbek): Orfografiya va punktuatsiya — 40 %, Leksikologiya va uslubiyat — 40 %, Grammatika — 20 %.
- Ona tili (rus): Fonetika — 10 %, Leksika — 10 %, Grammatika — 40 %, Orfografiya — 40 %.
- Ona tili (qoraqalpoq): Fonetika — 10 %, Leksika — 20 %, Grammatika — 40 %, Orfografiya — 30 %.
Matematika va O'zbekiston tarixi
Aniq va gumanitar fanlar bo'yicha test savollari quyidagicha taqsimlangan:
- Matematika: Sonlar va ular ustida amallar — 40 %, Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %, Geometriya — 30 %.
- O‘zbekiston tarixi: Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi — 35-45 %, XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %, Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.
Imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishda DTM standartidagi test tizimi yordamida o'z bilimingizni sinab ko'ring. Shuningdek, o'zingiz tanlagan yo'nalishlar bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni o'rganib chiqishni tavsiya etamiz.
Taʼlim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.