Magistraturaga kirishda chet tili sertifikati bo'yicha yangi tartib
O'zbekiston ta'lim tizimida magistratura bosqichiga kirish istagida bo'lgan abituriyentlar uchun muhim o'zgarishlar joriy etildi. Endilikda chet tili sertifikati bo'yicha talablar yo'nalishlar kesimida qayta ko'rib chiqildi.
Sertifikat talabi bekor qilinadigan holatlar
Ta'lim dasturini to'liq xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talabi bekor qilindi. Bu yangilik xalqaro dasturlarda tahsil olgan yoshlar uchun qulaylik yaratadi.
B1 darajasi belgilangan yo'nalishlar
Soha xususiyatidan kelib chiqib, quyidagi yo'nalishlar uchun sertifikat talabi bir pog'onaga tushirilib, B1 darajasi etib belgilandi:
- Madaniyat, san'at va sport;
- Ta'lim va sog'liqni saqlash;
- Ishlab chiqarish, muhandislik ishi va transport xizmatlari;
- Qishloq xo'jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish;
- Fizika va tabiiy fanlar.
O'zingiz tanlagan ta'lim yo'nalishlari bo'yicha aniqroq ma'lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.
Qaysi sohalarda darajalar o'zgarishsiz qoldi?
Ayrim sohalar uchun yuqori til bilish darajasi saqlab qolindi:
- C1 daraja: Xorijiy tillar yo'nalishlari uchun;
- B2 daraja: Aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo'nalishlari uchun.
Imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish va milliy sertifikat sanalari bilan tanishish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.