Chet tili malaka imtihonlari 13-15-sentyabrda o‘tkaziladi

Chet tili malaka imtihonlari qachon o‘tadi va qanday ro’yxatdan o‘tish kerak? Ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari bo‘yicha muddatlar — maqoladan bilib oling.

Chet tili malaka imtihonlari 13-15-sentyabrda o‘tkaziladi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi malaka imtihonlari 2026-yil sentyabr oyida o‘tkaziladi. Bilim va malakalarni baholash agentligi 5 ta chet tili bo‘yicha imtihon o‘tkazishni belgiladi:

  • Ingliz tili;
  • Nemis tili;
  • Fransuz tili;
  • Turk tili;
  • Arab tili.

Ro’yxatdan o‘tish qachongacha?

Reklama

Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Ro’yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi 29-avgust, to‘lov qilishning oxirgi sanasi esa 30-avgust hisoblanadi.

Imtihonlar 13–15-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni agentlik tomonidan belgilanadi. Hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud bo‘yicha ro’yxatdan o‘tish yopiladi.

Yana nimalarni bilish kerak?

Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro’yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi. Nemis va fransuz tillaridan malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida o‘tkaziladi.

Avvalroq avgust oyida o‘tkazilgan malaka imtihonlari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

2026-yil sentyabr oyida, 13–15-sentyabr kunlari. Ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi.
Ro’yxatdan o‘tish my.gov.uz orqali 29-avgustgacha, to‘lov esa 30-avgustgacha amalga oshiriladi. Hudud limiti to‘lsa, ro’yxatdan o‘tish muddatidan oldin yopiladi.
Nemis va fransuz tillaridan malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida o‘tkaziladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar