Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari
2023-yil 26-30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan professional ta’lim muassasalariga (kollej va texnikumlar) kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi.
Natijalarni qanday bilish mumkin?
Abituriyentlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali tekshirishlari mumkin. Agar siz o‘z natijalaringizdan norozi bo‘lsangiz, 3-4-oktabr kunlari tegishli muassasadagi apellatsiya komissiyasiga shikoyat arizasini topshirishingiz mumkin.
Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar
Ta'lim sohasidagi yangiliklar va jarayonlar bilan doimiy xabardor bo'lib turish uchun quyidagi resurslardan foydalaning:
- Barcha abituriyentlar uchun kerakli ma'lumotlar va maslahatlar.
- Kelgusi o'quv yili uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqing.
Eslatib o‘tamiz, test sinovlari davomida talabgorlarning ballari test o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilib borilgan edi. Natijalar bo‘yicha fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.