Kollej va texnikum o’quvchilariga stipendiya berilishi mumkin

O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish doirasida kollej va texnikum o’quvchilari uchun stipendiya joriy etish taklifi ilgari surilmoqda.

4
Kollej va texnikum o’quvchilariga stipendiya berilishi mumkin

Professional ta'limda yangi islohotlar

O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va kasbiy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan prezident qarori loyihasi e’lon qilindi. Ushbu hujjat kollej va texnikumlar faoliyatida muhim o‘zgarishlarni ko‘zda tutadi.

O‘quvchilar uchun stipendiyalar va rag‘batlantirishlar

Yangi loyihaga ko‘ra, dual ta’lim shaklini joriy etgan professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilar uchun stipendiya yoki moddiy rag‘batlantirishlar belgilash vakolati beriladi. Bu o‘z navbatida yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Ta'lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari:

  • Dual ta’lim shaklini kengaytirish va raqamlashtirish.
  • Eng yaxshi 100 ta ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘m mablag‘ ajratish.
  • Muassasalarning o‘z mahsulotlarini sotish va bo‘sh turgan binolarni ijaraga berish orqali tushgan mablag‘larni stipendiya to‘lashga sarflash huquqi.

Ta’lim tizimidagi yangiliklar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan doimo xabardor bo'lib boring. Shuningdek, bo'lajak mutaxassislar talabalar uchun ajratilgan maxsus bo'limimizda foydali ma'lumotlarni topishlari mumkin.

Pedagog xodimlar uchun yangi tartib

2022-yil 1-sentyabrdan boshlab professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalari umumta’lim maktablari pedagoglari darajasiga tenglashtiriladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar