2024-yilgi kirish imtihonlarida minimal o'tish ballari
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni e'lon qilindi. Unga ko'ra, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun belgilangan minimal o‘tish ballari o‘zgarishsiz qoldirildi.
Minimal o'tish ballari miqdori
Davlat komissiyasi qaroriga asosan quyidagi ballar tasdiqlandi:
- Davlat granti uchun: 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %);
- To‘lov-kontrakt uchun: 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %).
Abituriyentlar o'z tanlagan kirish ballari yo'nalishlar kesimida batafsil ma'lumot olishlari mumkin.
Kelgusi rejalar va yo'nalishlar kesimidagi o'zgarishlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta'kidlaganidek, 56,7 ballik minimal chegarani 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy o'quv yili uchun ayrim sohalar bo'yicha maxsus ballar belgilangan:
- Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
- Boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball.
Oliy o'quv yurtlari haqida qo'shimcha ma'lumotlar uchun oliygohlar kirish ballari sahifasiga tashrif buyurishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.