Girne Amerika universiteti grant dasturlari
Xorijda ta'lim olishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Nufuzli Girne Amerika universiteti (GAU) xalqaro talabalar uchun bakalavr va magistratura bosqichlarida maxsus grant dasturlarini e'lon qildi.

Dastur kimlar uchun mo‘ljallangan?
Ushbu grant dasturi butun dunyo bo‘ylab xalqaro talabalar uchun ochiq. Agar siz xorijiy universitetlarda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Grant shartlari va yo‘nalishlar
Grant dasturi quyidagi moliyaviy imtiyozlarni taqdim etadi:
- Sport fakulteti uchun 100% gacha grant;
- Boshqa ko‘plab yo‘nalishlar uchun 50% lik o‘quv to‘lovi imtiyozi (Pilotage, Medicine va PhD dasturlaridan tashqari).
Ariza topshirish tartibi
Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Nomzodlar avvalo universitetning rasmiy ariza portalidan o‘qishga hujjat topshirishlari kerak. Qabul qilingan talabalar nomzodligi avtomatik tarzda grant dasturiga ko‘rib chiqiladi. Talabalar uchun muhim bo‘lgan boshqa xalqaro dasturlar haqida ma'lumotlarni ham kuzatib boring.
Asosiy talablar
- Til talabi: Ingliz tilini bilish darajasi (CPE/CAE – Minimum B).
- GPA ko‘rsatkichi: Kamida 3.50 va undan yuqori GPA balli.
Batafsil ma'lumotlar bilan rasmiy sayt orqali tanishishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.