Lester B. Pearson xalqaro grant dasturi: Toronto universiteti imkoniyati
Kanadaning nufuzli Toronto universiteti xalqaro talabalar uchun Lester B. Pearson to‘liq grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur akademik ko‘rsatkichlari yuqori, yetakchilik qobiliyatiga ega va jamiyat hayotida faol ishtirok etuvchi iqtidorli yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Grantning afzalliklari
- Universitetda kontrakt to‘lovlaridan to‘liq ozod etilish;
- Barcha darsliklar va kutilmagan xarajatlar uchun moliyaviy yordam;
- Bepul turar joy bilan ta’minlanish.
Kimlar qatnasha oladi?
Grant dasturida qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Kanada fuqarosi bo‘lmaslik;
- Maktabning so‘nggi sinfida o‘qiyotgan yoki o‘quv yilini yaqinda tamomlagan bo‘lish;
- Toronto universitetiga qabul qilingan va o‘qishni sentyabr oyidan boshlashga tayyor bo‘lish.
Hujjat topshirish tartibi
Nomzodlar avvalo abituriyentlar uchun yaratilgan qoidalarga amal qilgan holda universitetga ariza topshirishlari va qabul qilinishlari lozim. Shundan so‘ng grant uchun alohida ariza beriladi.
Muhim sanalar:
- Maktabdan tavsiyanoma olish va topshirish: 30-noyabr;
- Universitetga ariza topshirishning so‘nggi muddati: 14-dekabr;
- Grant uchun ariza topshirishning so‘nggi sanasi: 17-yanvar.
Chet elda ta’lim olishni rejalashtirayotgan talabalar uchun ushbu dastur ajoyib imkoniyatdir. Dastur haqida to‘liq ma’lumotni universitetning rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.
Eslatma: Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan. Qo‘shimcha savollar uchun [email protected] elektron manziliga murojaat qiling.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.