Test sinovlari: 73 ta bino va 12 kunlik jarayon
Joriy yilda test sinovlarini sifatli va shaffof tashkil etish maqsadida binolar optimallashtirildi. Hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino imtihonlarga tayyorlanmoqda. Rejaga ko‘ra, bir kunda 70 560 nafar abituriyent imtihon topshiradi va jarayon 12 kun davom etadi.
Nazoratchilar va imtihon tartibi
Test sinovlarining adolatli o‘tishini ta’minlash uchun ochiq tanlov asosida 2 690 nafar guruh nazoratchisi saralab olindi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun 139 nafar surdotarjimon jalb qilinadi.
- Test sinovlari uchun 40 mingdan ortiq yangi savollar shakllantirildi.
- Abituriyentlar o'z bilimlarini DTM standartidagi test tizimi orqali sinab ko'rishlari mumkin.
- Oliy o‘quv yurtlariga kirishda kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 063 nafar abituriyentning chet tilidan xalqaro sertifikati tasdiqlangani ma'lum qilingandi. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.