Jamoat xavfsizligi universiteti: Qabul jarayoni va ta'lim yo'nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlovchi bazaviy oliy harbiy ta’lim muassasasidir. Universitetda ta’lim ikki bosqichli — bakalavriat va magistratura tizimida olib boriladi.
Universitetda qanday yo‘nalishlar mavjud?
Universitet Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydi:
- Harbiy diplomatiya;
- Yurisprudensiya va iqtisodiyot;
- Muhandislik-texnik;
- Tarbiyaviy-psixologik;
- Qo‘mondonlik-taktik;
- Qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish.
Abituriyentlar o‘z tanlovlarini amalga oshirishda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.
Qabul jarayonlari va tibbiy ko‘rik
Universitetga hujjat topshirish istagida bo‘lgan nomzodlar hududiy mudofaa ishlari bo‘limlariga murojaat qilishlari zarur. Tanlov jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
- Dastlabki tanlov va suhbatlar;
- Tuman mudofaa ishlari bo‘limlarida tibbiy ko‘rik;
- Individual-psixologik va umumjismoniy sinovlar;
- Yakuniy tibbiy ko‘rik va test sinovlari.
Barcha abituriyentlar uchun qabul kvotalari bakalavriat bosqichi uchun 300 tagacha kursant hamda sirtqi ta’lim uchun 100 nafargacha tinglovchini tashkil etadi.


















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.