Italiya Kalabriya universitetida magistratura uchun grant
Italiya ta’lim tizimi xalqaro talabalar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Kalabriya universiteti (University of Calabria) magistratura bosqichida tahsil olishni istagan iqtidorli yoshlar uchun 120 o‘rinli grant va stipendiya dasturini e’lon qildi.
Grant dasturining afzalliklari
Ushbu dastur nafaqat ta’lim to‘lovlarini, balki yashash xarajatlarini ham qoplaydi:
- 1000 yevrogacha bo‘lgan universitet to‘lovi qoplanadi;
- Turar-joy xarajatlari stipendiya hisobidan qoplanadi;
- 6000 yevrogacha ovqatlanish xarajatlari;
- 1700 yevrogacha talabalik stipendiyasi.
Italiyada ta’lim olish va talabalar uchun yaratilgan muhit, qadimgi shaharlar hamda boy madaniyat har bir xalqaro talaba uchun unutilmas tajriba bo‘ladi.
Kimlar ariza bera oladi?
Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Barcha xalqaro talabalar ariza topshirishi mumkin;
- Akademik ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lishi (a’lochi talabalar);
- Bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishi.
Zaruriy hujjatlar
- Pasport nusxasi;
- Tarjimai hol (CV);
- Bakalavr diplomi va ilovasi;
- Ingliz tili sertifikati (IELTS yoki TOEFL);
- Boshqa qo‘shimcha hujjatlar.
Ariza topshirish tartibi
Nomzodlar universitetning rasmiy ro‘yxatdan o‘tish sahifasi orqali tizimga kirib, "Admission" bo‘limi orqali ariza topshirishlari kerak. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida va boshqa ma’lumotlar bilan tanishib chiqish ham tavsiya etiladi. Batafsil ma’lumot uchun universitetning rasmiy saytiga o‘ting.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.