Avstraliyada magistratura va PhD uchun 300 ta grant
Avstraliya hukumati xalqaro talabalar uchun 300 ta grant dasturini e’lon qildi. Bu International University of South Australia (UniSA) qoshidagi magistratura va doktorantura (PhD) bosqichlari uchun ajoyib imkoniyatdir.
Grant dasturining afzalliklari
Ushbu grant dasturi to‘liq moliyalashtiriladi va quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
- To‘liq o‘qish to‘lovi;
- Yashash uchun stipendiya (magistratura uchun 420 dollar, doktorantura uchun 840 dollar);
- Dissertatsiya uchun maxsus stipendiya;
- Dam olish ta’tili;
- Bepul tibbiy ko‘rik xizmati.
Agar siz talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni qidirayotgan bo‘lsangiz, ushbu dastur siz uchun eng yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.
Nomzodlar uchun talablar
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Bakalavriat darajasiga ega bo‘lish;
- Akademik ko‘rsatkichlarning yuqoriligi va ijtimoiy faollik;
- International University of South Australia universitetiga kunduzgi (full-time) dasturiga qabul qilingan bo‘lish;
- Istalgan mamlakat fuqarosi bo‘lish.

Qanday qilib ariza topshirish mumkin?
40 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha qabul talablari va grant miqdori turlicha bo‘lishi mumkin. Batafsil ma’lumotlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish uchun rasmiy manbalarga murojaat qiling.
Dastur haqida batafsil ma'lumot va ariza topshirish jarayoni bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Eslatma: Barcha ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.