OTMga kirishda 43 ta turdagi imtiyozlar (2024-yil)
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida abituriyentlar uchun jami 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud. Ushbu imtiyozlar abituriyentlarning ijtimoiy himoyasi, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida joriy etilgan.
Abituriyentlar o‘zlariga tegishli imtiyozlarni aniqlab olishlari va kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilib chiqishlari tavsiya etiladi. Shuningdek, DTM standartidagi test tizimi orqali o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
Imtiyozlar turlari va guruhlanishi
Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, imtiyozlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Imtihonsiz davlat granti asosida qabul
Ushbu toifaga harbiy xizmatchilarning farzandlari, xalqaro olimpiada g‘oliblari, Zulfiya va "Nihol" mukofoti laureatlari, Prezident maktabi bitiruvchilari hamda sport va madaniyat sohasida yuqori natijalarga erishgan yoshlar kiradi.
2. Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul
Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari bitiruvchilari, "Zakovat" g‘oliblari hamda profilaktika inspektorlari uchun mo‘ljallangan.
3. Fan bo‘yicha imtihondan ozod etish va ball qo‘shish
Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyentlar ushbu imtiyozdan foydalanishlari mumkin.
4. Qo‘shimcha kvota va boshqa imtiyozlar
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilari va stajga ega fuqarolar uchun alohida kvotalar ajratilgan.
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan mutaxassislar uchun tavsiyanoma asosida alohida tartibdagi qabul qoidalari amal qiladi.
Imtiyozlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin
Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.