Imtiyozga ega abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilindi
Bilimni baholash agentligi tomonidan mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etuvchi imtiyozli abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuklandi. Abituriyentlar o‘z natijalarini va o‘rinlarini onlayn tarzda kuzatib borishlari mumkin.
Imtiyozli ro‘yxatni qanday tekshirish kerak?
Ma’lumotlar bilan tanishish uchun quyidagi amallarni bajaring:
- mandat.uzbmb.uz saytiga kiring.
- "Bakalavr-2023" bo‘limiga o‘ting.
- "Imtiyozli" qismidan tegishli imtiyoz turini tanlang.
Tizimda abituriyentlar ro‘yxati to‘plangan ballar asosida tartiblangan bo‘lib, har bir imtiyoz turi uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Muhim eslatma
Agar abituriyent imtiyoz asosida qo‘shimcha kvotaga ilinmasa, u xavotir olmasligi kerak. Bunday holatda abituriyent barcha qatori umumiy tanlovda ishtirok etishda davom etadi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari va kirish ballari yo'nalishlar kesimida haqidagi batafsil ma’lumotlarni saytimiz orqali kuzatib boring. Shuningdek, abituriyentlar uchun foydali maslahatlar bilan tanishishni unutmang.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.