IIO xodimlari farzandlari uchun ta'limdagi imtiyozlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari hamda maxsus ta’lim muassasalariga kirishda qator imtiyozlar belgilangan. Bu boradagi barcha yangiliklarni abituriyentlar uchun mo'ljallangan bo'limimizda kuzatib borishingiz mumkin.
Imtiyoz olish tartibi
Imtiyozlar Ichki ishlar vaziri tomonidan beriladigan tavsiyanoma yoki taqdimnoma asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonlariga tayyorgarlik ko'rishda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Xizmatda yuqori natijalarga erishgan xodimlar farzandlari uchun
Jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo'shgan xodimlarning farzandlariga quyidagi kvotalar ajratiladi:
- Oliy ta’lim muassasalariga: umumiy qabul parametrlaridan tashqari 3% lik qo'shimcha kvota ajratiladi.
- Harbiy ta’lim muassasalariga: qabulning umumiy sonidan 5% lik qo'shimcha kvota ajratiladi.
Tavsiyanoma blankasining shakli
Taqdimnoma blankasining shakli
Halok bo'lgan yoki nogiron bo'lib qolgan xodimlar farzandlari uchun
Xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan yoki jarohat olgan xodimlarning farzandlariga yanada kengroq imtiyozlar beriladi:
- Oliy ta’lim muassasalariga: tanlovsiz, davlat granti asosida o'qishga kirish huquqi.
- Harbiy ta’lim muassasalariga: dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan tanlovsiz qabul.
Tavsiyanoma blankasining shakli
Taqdimnoma blankasining shakli
Eslatma: Tavsiyanoma va taqdimnomalarning amal qilish muddati 3 yil etib belgilangan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.