Imtihonlarga tayyorgarlik: Muvaqqiyat kaliti
Ta’lim tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar va imtihonlarga tayyorgarlik davrida xotira, diqqat hamda kayfiyatni ko‘taruvchi usullar mavjud. BBC mutaxassislari tavsiyalariga tayanib, abituriyentlar uchun eng samarali maslahatlarni to‘pladik.
1. Nonushta va “miya uchun ozuqa”

Miyaning diqqatni jamlash qobiliyati glyukozaga bog‘liq. Kunni suli bo‘tqasi, tuxum va yong‘oq kabi miya faoliyatini yaxshilovchi mahsulotlar bilan boshlang.
2. Hammasini barvaqt boshlang

Tayyorgarlikni imtihonlarga oz qolganda emas, bir necha oy avval boshlang. Dars jadvalini tuzish fanlarni o‘zlashtirishingizga katta yordam beradi.
3. Diqqatni yo‘naltirish
Imtihon turiga (yozma, og‘zaki yoki test) qarab tayyorgarlik usulini tanlang. DTM standartidagi test tizimi orqali o‘zingizni sinab ko‘ring.
4. Reja tuzish va tanaffuslar

Reja tuzish vaqtni tejaydi. Darslar orasida tanaffus qiling, chunki dars va takrorlash o‘rtasida ma’lum tanaffus olinishi xotirani mustahkamlaydi.

5. O‘zingizni sinab boring va o‘rgating
O‘z-o‘zini imtihon qilish va o‘rganganlaringizni boshqalarga tushuntirib berish xotirani keskin oshiradi.
6. Chalg‘ituvchi omillardan saqlaning
Imtihonga tayyorgarlik davrida smartfonlar eng katta chalg‘ituvchiga aylanishi mumkin. Telefonni yashirib qo‘ying va sukunatda ishlashga harakat qiling.
7. Sog‘lom turmush tarzi va uyqu

Toza havo, badantarbiya va to‘yib uxlash yuqori natija garovidir.
8. Xotirjamlik

Qanchalik raqobat kuchli bo‘lmasin, tushkunlikka berilmang. Xotirjamlik va pozitiv kayfiyat – muvaffaqiyatning ajralmas qismidir.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.