Akademik litseylarga qabul qilish tizimi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida akademik litseylarga qabul qilish jarayonlarida muhim o‘zgarishlar joriy etildi.
Yangi qabul tartibi va DTM testlari
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, iqtidorli yoshlarni akademik litseylarga saralab olishda Davlat test markazi (DTM) tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi. Abituriyentlar uchun tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan hamda intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlab beruvchi testlar majmuasi ishlab chiqilgan. Tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar DTM standartidagi test tizimi orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
O‘quv jarayoni va ta’lim sifatini oshirish
Akademik litseylarda sifatli ta’limni ta’minlash maqsadida quyidagi choralar ko‘riladi:
- Chuqurlashtirilgan fanlar ulushi kamida 50 foizga yetkaziladi.
- Yuqori malakali pedagoglar jalb etiladi va xorijiy tillarni chuqur o‘rganish uchun sharoitlar yaratiladi.
- OTMlarning turdosh yo‘nalishlari bilan fanlar unifikatsiya qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilib, o‘z yo‘nalishingizni to‘g‘ri tanlashingiz tavsiya etiladi.
Hujjat topshirish jarayoni
Akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy sayti orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ta’lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.