Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlariga kirish ruxsatnomalari e'lon qilindi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Akademik litseylarga kirish test sinovlari sanasi avvalroq ma'lum qilingan edi. Endi abituriyentlar ruxsatnomalarini quyidagi ikki usulda olishlari mumkin:
- Onlayn: my.edu.uz yoki my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirib yuklab olish;
- Bevosita: hujjat topshirgan akademik litseydan borib olish.
Reklama
Ruxsatnomada test sinovi o'tkaziladigan hudud ko'rsatilgan bo'ladi. Abituriyentlar belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan yetib kelishlari shart.
Fanlar majmuasi va baholash
Barcha test topshiruvchilar uchun jami 60 ta test topshirig'i beriladi:
- 20 ta — intellektual qobiliyat darajasi (IQ);
- 40 ta — ta'lim yo'nalishiga mos ikkita fan (har biridan 20 tadan).
To'plash mumkin bo'lgan maksimal ball — 146:
- 1-fan: 3,1 × 20 = 62 ball
- 2-fan: 3,1 × 20 = 62 ball
- IQ: 1,1 × 20 = 22 ball
IQ testiga tayyorlanish uchun adabiyotlar
Prezidentning PQ-4910-son qaroriga muvofiq, akademik litseylarga kirish imtihonlarida IQ testi mavjud. Quyida tayyorlanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati:
- Дружинин В.Н. Психология общих способностей. 3-е изд. – СПб.: Питер, 2007.
- Айзенк Г. Новые IQ тесты. – М.: Изд-во Эксмо, 2003.
- Айзенк Г. Классические IQ тесты. – М.: Изд-во Эксмо, 2011.
- Мухордова О.Е., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена. – Ижевск: «Удмуртский университет», 2011.
- Симон Мартин. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам. – СПб.: БХВ-Петербург, 2010.
- www.treningmozga.com
Akademik litseyga topshiruvchi abituriyentlar uchun eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.