Navbat akademik litseylarga keldi. 2026/2027-o'quv yili uchun harbiy-akademik litseylar va davlat OTMlari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-25-iyul kunlari bo'lib o'tadi. Akademik litseylarga 49 mingdan ortiq ariza qabul qilindi — bu yilgi qiziqish haqida avvalroq ma'lumot berilgandi. Bilimni baholash agentligi test sinovlari o'tkaziladigan barcha sanalarni e'lon qildi.
Test sinovlariga quyidagi litseylar kiradi:
- "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseylari;
- Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey;
- "Yosh chegarachilar" harbiy-akademik litseyi;
- IIVning akademik litseylari;
- Davlat OTMlari huzuridagi akademik litseylar.
Test tartibi
Sinovlar 2 smenada tashkil etiladi:
- 1-smena — soat 09:00 da;
- 2-smena — soat 15:00 da.
Abituriyentlar belgilangan hududga kamida 1,5 soat oldin yetib kelishi shart. Testda faqat ruxsatnomada ko'rsatilgan manzil, sana va smenada ishtirok etish mumkin — boshqa kunga yoki boshqa manzilga o'tish imkoni yo'q.
Ruxsatnoma va hujjatlar
"Abituriyent ruxsatnomasi" my.edu.uz sayti orqali berilmoqda — uni yuklab olib, chop etish talab qilinadi. Imtihon kunida o'zingiz bilan:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma);
- Chop etilgan ruxsatnoma.
Muhim ogohlantirish: hujjat nusxasi bilan kelgan yoki kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi — asl nusxa bo'lishi shart.
InfoEdu.uz jurnalistlari barcha turdagi o'quv yurtlariga kirish test sinovlari jarayonini muntazam yoritib boradi.
Reklama


![Akademik litseylarga qabul test sinovlari yakunlandi [video]](/_next/image?url=https%3A%2F%2Finfoedu.uz%2Fwp-content%2Fuploads%2F2026%2F07%2Fimg00_68246f35a4df214a4d87598b5bb0ea0e8c013c04c48e6.jpg&w=1920&q=75)














Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.