Talabalar yana o‘qishga topshira oladimi? Barcha qoidalar

Talabalar, kollej bitiruvchilari va ikkinchi oliy ma’lumot olmoqchi bo’lganlar uchun o‘qishga qayta topshirish tartibi va muhim qoidalar bilan tanishing.

6
Talabalar yana o‘qishga topshira oladimi? Barcha qoidalar

Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik

Ko'pchilikni qiziqtiradigan savol: talabalar yoki allaqachon oliy ma'lumotli shaxslar qayta o‘qishga topshirishi mumkinmi? Javob — ha, lekin buning o‘ziga xos tartiblari mavjud.

Kimlar abituriyent sifatida hujjat topshirishi mumkin?

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga quyidagi toifadagi shaxslar hujjat topshirishlari huquqiga ega:

  • 11-sinf bitiruvchilari: Maktab, litsey, gimnaziya yoki ixtisoslashgan maktablarni bitirganlar 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi.
  • Professional taʼlim bitiruvchilari: Kollej yoki texnikumni bitirganlar, kirgan yiliga qarab (9-sinf yoki 11-sinf negizida) tegishli hujjat bilan topshirishadi.
  • Hozirda o‘qiyotganlar: Kollej, texnikum yoki OTMda o‘qiyotgan talabalar ham hujjat topshirishi mumkin. Bu ularning hozirgi o‘qishiga taʼsir qilmaydi, talabalar uchun bu keng imkoniyatdir.
  • Ikkinchi oliy maʼlumot oluvchilar: Diplomli mutaxassislar qayta bakalavriatga topshirishi mumkin, ammo ular faqat to‘lov-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.

Muhim eslatma

Abituriyentlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida maʼlumotlar bilan oldindan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘qishga kirishda o‘z imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholang, chunki siz egallagan o‘rin boshqa bir abituriyentning kelajagi bo‘lishi mumkin.

Hujjatlarni my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar