O‘qishga kiritish va’dasi bilan firibgarlik qilish holatlari aniqlandi
Ta’lim sohasida firibgarlik bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzarliklar fosh etildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida abituriyentlar va talabalarni aldab, pul evaziga o‘qishga joylashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.
Firibgarlik holatlari tafsiloti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha, fuqarolar G.X. va M.R. Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 300 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Departamentning Quva tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro Z.O‘. xorijiy universitetdagi o‘qishni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialiga ko‘chirib berishni va’da qilib, 700 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Abituriyentlar va talabalar diqqatiga
Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ta’lim muassasalariga qonuniy yo‘l bilan kirish va o‘qish masalalarida quyidagi ma’lumotlar bilan tanishishingizni tavsiya qilamiz:
- Barcha oliygohlar kirish ballari va qabul jarayonlari haqida ma’lumot oling.
- Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan yangiliklar va maslahatlarni kuzatib boring.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.