Talabalar va abituriyentlar uchun imtihonlarga samarali tayyorlanish bo'yicha muhim tavsiyalar e'lon qilindi. Imtihon yaqinlashar ekan, ko‘pchilik abituriyentlar oldida bitta savol turadi: qanday qilib barcha fanlarga puxta tayyorlanish mumkin? Aslida, buning uchun atigi 3 ta muhim qadamni bajarish kifoya.
1. O‘z bilimingizni xolisona tahlil qiling
Tayyorgarlikning birinchi bosqichi — o‘zingizni tahlil qilishdir. Bunda quyidagilarga e'tibor qarating:
- Qaysi fanlardan bilimingiz kuchli va qaysilariga ko'proq e'tibor qaratish kerakligini aniqlang.
- Imtihongacha qancha vaqt qolganini hisoblang.
- Maktab darsliklarini yuklab olish orqali bazaviy bilimlaringizni mustahkamlang.
2. Aniq o‘qish rejasini tuzing
Reja — muvaffaqiyat kaliti. Har bir kunni rejalashtirish tartibini o‘rnating:
- 3 oyda barcha materiallarni o‘zlashtirish uchun kunlik yuklamani belgilang (masalan, 1-fandan 12 bet, 2-fandan 6 bet).
- Oxirgi haftani faqat takrorlashga ajrating.
- Tayyorgarlik jarayonida DTM standartidagi test tizimi yordamida bilimingizni sinab ko'ring.
3. Rejaga moslashuvchan bo‘ling
Eng ideal reja ham kutilmagan holatlarga bardoshli bo'lishi kerak. Agar biror sabab bilan ortda qolsangiz, vahimaga tushmang: qancha material qolganini hisoblab, qolgan vaqtni qayta taqsimlang. Xulosa shuki: reja bor joyda nazorat, nazorat bor joyda esa muvaffaqiyat bor!
Siz imtihonlarga qanday tayyorlanyapsiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.