Imtihon natijalari qachon e’lon qilinadi?
Abituriyentlarni eng ko‘p qiziqtirgan savollardan biri: imtihon natijalari qachon e’lon qilinadi? Odatda, test sinovlari o‘tkazilganidan keyingi kunning kechki paytida natijalar e’lon qilinadi va abituriyentlar o‘z ballarini bilib olishlari mumkin.
Test jarayonlarini onlayn kuzatish
Ayni paytda oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari davom etmoqda. Jarayonni shaffof o‘tkazish maqsadida ota-onalar va jamoatchilik uchun https://test2024.uz/ platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Muhim ma’lumotlar
- Test sinovlari 2024-2025-o‘quv yili uchun ikki smenada o‘tkazilmoqda.
- Talabgorlar o‘z ruxsatnomalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
- Barcha testlar yakunlangach, abituriyentlarga kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanlov qilish imkoniyati beriladi.
- Test sinovlariga tayyorgarlik ko'rish va bilimni mustahkamlash uchun DTM standartidagi test tizimidan foydalanish tavsiya etiladi.
Eslatma: Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani unutmasligingiz so‘raladi. Belgilangan vaqtdan kechikmang.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.