Ikkinchi mutaxassislik nima?
Ikkinchi mutaxassislik dasturi oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarga qayta o'qish orqali yangi kasb egasi bo'lish imkonini beradi. Bu dasturning eng katta afzalligi shundaki, abituriyentlar imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda, to'lov-kontrakt asosida to'g'ridan-to'g'ri 2-kursdan o'qishni boshlashlari va ta'lim muddatini bir yilga qisqartirishlari mumkin.
Ikkinchi mutaxassislik bo'yicha muhim jihatlar
- O'qish muddati bir yilga qisqaradi (2-kursdan boshlanadi).
- Imtihonlar va baholash mezonlari har bir OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.
- Suhbat shaklida o'tkaziladigan imtihonlar kirish imkoniyatini oshiradi.
- Qabul jarayoni odatda iyul oyida amalga oshiriladi.
O'zingizga mos keladigan kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanishib chiqish orqali kelajakdagi kasbingizni to'g'ri tanlang. Shuningdek, talabalar uchun mo'ljallangan boshqa foydali resurslarimizni kuzatib boring va ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.