2023-2024 o‘quv yili: Abituriyentlar natijalari tahlili
Joriy o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovlari yakuniga ko‘ra, 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Oliygohlar kirish ballari asosida shakllangan ushbu statistik ma’lumotlar hududlar kesimida tahlil qilindi.
Eng ko‘p talaba qabul qilgan hududlar
Abituriyentlar uchun abituriyentlar uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan hududlar quyidagicha:
- Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
- Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
- Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.
Foiz hisobida eng yuqori ko‘rsatkichlar
Doimiy yashash hududi bo‘yicha talabalikka tavsiya etilish foizi yuqori bo‘lgan hududlar:
- Buxoro viloyati — 28,32 %;
- Navoiy viloyati — 24,03 %;
- Xorazm viloyati — 23,95 %;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;
- Toshkent shahri — 22,18 %.
O‘rtacha ballar tahlili
Talabalikka tavsiya etilganlarning o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Eng yuqori o‘rtacha ball qayd etgan hududlar:
- Buxoro viloyati — 107,3 ball;
- Toshkent shahri — 105,2 ball;
- Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
- Namangan viloyati — 101,2 ball;
- Xorazm viloyati — 100,0 ball.



Bu yangilik sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.