Germaniyada kompyuter fanlari bo‘yicha tadqiqot amaliyoti
Maks Plank institutlari kompyuter fanining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro talabalar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan tadqiqot amaliyotini taklif etadi. Bu kelajakdagi ilmiy karyerangizni boshlash uchun ajoyib imkoniyatdir.
Amaliyotning afzalliklari
- Barcha amaliyotchilar oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
- Bepul turar joy va yo‘l xarajatlari qoplanadi;
- 12-14 haftalik amaliyot davomida jahon darajasidagi professorlar bilan ishlash;
- Eng yaxshi ilmiy konferensiyalarda qatnashish imkoniyati.
Kimlar qatnasha oladi?
Dastur bakalavriatning 3-kurs talabalari, magistrlar va doktorantlar uchun ochiq. Shuningdek, ijtimoiy fanlar, huquq va iqtisod kabi turdosh yo‘nalish vakillari ham murojaat qilishlari mumkin. Talabalar uchun ushbu amaliyot ilmiy salohiyatni oshirishda muhim qadamdir.
Muhim sanalar va ariza topshirish
- May-avgust oylarida boshlanadigan dasturlar uchun: 1-dekabrgacha.
- Boshqa vaqtlar uchun: amaliyot boshlanishidan kamida 4 oy oldin.
Ariza topshirish va abituriyentlar hamda talabalar uchun foydali ma'lumotlar bilan tanishish uchun rasmiy ariza portaliga o‘ting.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.