Gates Cambridge Scholarship: Buyuk Britaniyada to‘liq grant
Buyuk Britaniyaning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan Cambridge universiteti xalqaro talabalar uchun Gates Cambridge Scholarship dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Grantning afzalliklari
Ushbu grant dasturi o‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni to‘liq qoplaydi:
- O‘qish va universitetga kirish badal to‘lovlari;
- Yashash xarajatlari uchun stipendiya (bir yil uchun $24 300);
- Borib-kelish uchun bitta ekonom klass aviachipta;
- Viza xarajatlari;
- Oilali nomzodlar uchun farzandlar uchun nafaqalar;
- Kutilmagan vaziyatlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar.
Talablar va muddatlar
Dasturga Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lmagan har qanday mamlakat vakillari ariza topshirishi mumkin. Nomzodlar akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi va o‘z loyihasini himoya qila olishi kerak. PhD bosqichi uchun 3-7 yil, magistratura uchun 1-2 yillik kurslar mavjud.
Qanday hujjatlar kerak?
- Onlayn ariza;
- 500 so‘zdan iborat bayonot (Statement);
- Tadqiqot rejasi (PhD uchun);
- 2 ta tavsiyanoma.
Batafsil ma’lumot va qabul jarayoni bilan rasmiy saytda tanishing. Agar siz talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni izlayotgan bo‘lsangiz, shuningdek, barcha maqolalar bo‘limimizda boshqa foydali grantlar bilan tanishishingiz mumkin.
Savollar bo‘yicha [email protected] elektron pochtasiga yoki +44 (0)1223 338467 raqamiga murojaat qiling.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.