Matsumae International Foundation Research Fellowship Program
Yaponiyada ilmiy tadqiqot olib borishni rejalashtirgan tadqiqotchilar uchun ajoyib imkoniyat. Matsumae xalqaro jamg'armasi (MIF) 2023-yilgi tadqiqot stipendiyasi dasturiga arizalar qabul qilinishini e'lon qildi.
Dastur imtiyozlari
Tanlangan nomzodlar quyidagi moliyaviy yordamlarga ega bo'ladilar:
- Oylik 220 000 yen miqdoridagi stipendiya (tadqiqot va yashash xarajatlari uchun);
- 120 000 yen miqdorida bir martalik boshlang'ich xarajatlar uchun to'lov;
- Ikki tomonlama ekonom-klass aviachiptalari;
- Tibbiy sug'urta va o'quv safarlarida qatnashish imkoniyati.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- PhD (doktorlik) darajasiga ega bo'lish;
- Yaponiyadagi qabul qiluvchi muassasadan taklifnoma xatiga ega bo'lish;
- Ariza topshirish vaqtida 49 yoshdan oshmagan bo'lish;
- Ingliz yoki yapon tillarini yuqori darajada bilish;
- Ilgari Yaponiyada uzoq muddatli tadqiqot olib bormagan bo'lish.
Ariza topshirish tartibi
Nomzodlar ariza shaklini yuklab olib, to'liq to'ldirishlari va [email protected] elektron manziliga yuborishlari kerak. Batafsil ma'lumot uchun rasmiy saytga o'ting.
Ta'lim sohasidagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlar bilan abituriyentlar uchun mo'ljallangan bo'limimizda tanishib borishingiz mumkin.
















