Finlyandiyada magistratura: 100% gacha grant yutib oling

Sharqiy Finlyandiya universitetida axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq moliyalashtiriladigan magistratura grantini qo‘lga kiriting. Batafsil ma’lumot.

4
Finlyandiyada magistratura: 100% gacha grant yutib oling

Sharqiy Finlyandiya universitetida (UEF) magistratura granti

Xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Sharqiy Finlyandiya universiteti (University of Eastern Finland) axborot texnologiyalari magistratura dasturi uchun to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan stipendiyalarni e’lon qildi. Bu talabalar uchun o‘z bilimlarini xalqaro darajada oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Grant shartlari va imtiyozlar

Grant dasturi o‘quv to‘lovlarining 100% yoki 80% qismini qoplaydi. Talabalarning 80% ushbu moliyaviy yordamni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. O‘qish ingliz tilida olib boriladi va 2 yil davom etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar

  • Axborot texnologiyalari yo‘nalishi magistraturasiga qabul qilingan bo‘lish;
  • Yevropa Ittifoqi/YeIZ fuqarosi bo‘lmaslik;
  • Kompyuter fanlari, informatika yoki muhandislik sohalarida bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
  • Ingliz tilini bilish darajasi (TOEFL iBT 90 yoki IELTS 6.5 ball).

Qo‘shimcha ma’lumotlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida taqdim etiladigan talablar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Ariza uchun kerakli hujjatlar

Grant olish uchun quyidagi hujjatlar to‘plamini tayyorlash talab etiladi:

  • Bakalavr diplomi va rasmiy baholar varag‘i;
  • Motivasiya xati va tavsiyanoma;
  • Ingliz tilini tasdiqlovchi sertifikat;
  • Pasport nusxasi;
  • 2 daqiqalik tanishtiruv videosi (YouTube/Vimeo orqali);
  • Ilmiy maqola yoki ish namunasi.

Batafsil ma’lumot uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar