Abituriyentlar orasida eng ommabop universitetlar
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. O‘tgan 25 kunlik statistika natijalariga ko‘ra, abituriyentlar eng ko‘p tanlagan oliygohlar kirish ballari va imkoniyatlari bilan qiziqishmoqda.
TOP-5 universitetlar ro‘yxati
Hozirgi kunda abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat topshirilgan oliy ta’lim muassasalari quyidagilar:
- O‘zbekiston milliy universiteti – 23 ming 552 nafar;
- Farg‘ona davlat universiteti – 18 ming 218 nafar;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 18 ming 192 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti – 18 ming 165 nafar;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 17 ming 511 nafar.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga atigi 5 kun qoldi. Agar siz hali ham o‘z yo‘nalishingizni aniqlamagan bo‘lsangiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida sahifasiga o‘tib, tahliliy ma’lumotlarni ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.