Foizsiz ta’lim krediti kimlarga beriladi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ta’lim sohasida muhim yangiliklarni e’lon qildi. Endilikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, jumladan, yigitlar uchun ham foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.
Ta’lim kreditini olish shartlari
Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun talabalar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- Oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lishi lozim.
- Talabalar uchun foizsiz ta’lim krediti keyingi o‘quv yili uchun taqdim etiladi.
Grantlar va qo‘shimcha imtiyozlar
Shuningdek, abituriyentlar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratildi:
- Oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballning 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grantlar ajratiladi.
- Moliyaviy mustaqil oliygohlar yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.
- Ushbu grantlar hisobidan kontrakt to‘lovining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi. Bu yangilik sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.