Sharqshunoslik universitetida jurnalistlar tayyorlanadi
O‘zbekistonda jurnalist kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari safi kengaydi. Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Jurnalistika yo‘nalishiga abituriyentlarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva ma’lum qildi.
Universitetdagi yangi ta’lim yo‘nalishlari
Mehnat bozori talablari va xorijiy tajribalar asosida bakalavriat bosqichida 4 ta yangi yo‘nalish ochildi:
- Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;
- Jurnalistika: xalqaro jurnalistika;
- Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari);
- Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha).
Abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, yangi qabul qilinayotgan talabalar uchun talabalar uchun foydali resurslarimizni kuzatib boring.
Kredit-modul tizimi va yangi imkoniyatlar
Universitetda o‘quv jarayoni Yevropa kredit transfer tizimi (YeCTS) asosida yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra, bakalavrlar 240 ta, magistrlar esa 120 ta kreditni o‘zlashtirishi belgilangan. Bundan tashqari, turk, arab, xitoy, koreys va yapon kabi sharq tillaridan test sinovlari uchun maxsus baza yaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident qaroriga muvofiq, institutga "universitet" maqomi berilgan edi. Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon tillari universiteti hamda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetlarida jurnalistika ta’limi mavjud bo‘lib, endilikda Sharqshunoslik universiteti ham ushbu ro‘yxatga qo‘shildi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.