DXX akademiyasiga qabul: Nomzodlarni saralash tartibi
Hukumat qarori (241-son, 27.04.2021-y.) bilan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
DXX akademiyasi haqida
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi tayanch oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. U Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati uchun yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlaydi. Oliygohlar kirish ballari va qabul talablari bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Qabul talablari va bosqichlar
Akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga faqat Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchisi bo‘lgan erkaklar qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi bosqichlardan o‘tishlari shart:
- Dastlabki saralab olish
- Maxsus kasbiy tanlash
- Test sinovlari
Nomzodlar uchun DTM standartidagi test tizimi orqali tayyorgarlik ko'rish samarali natija beradi.
Imtiyozlar va natijalarni e'lon qilish
Sport ustasi unvoni yoki sport ustasiga nomzodlik hujjatiga ega nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan ozod etiladi. Test sinovlari natijalari yakunlangandan keyin 5 kun ichida Akademiyaga taqdim etiladi va DXXning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Qabul qilingan nomzodlarga kursant maqomi beriladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.