DXX Akademiyasiga 2025-2026 qabul: Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Amir Temur nomidagi DXX Akademiyasiga 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi. Nomzodlar uchun talablar, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va tartibi bilan tanishing.

145
DXX Akademiyasiga 2025-2026 qabul: Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

DXX Akademiyasiga 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga 2025-2026 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni saralab olish jarayoni boshlanmoqda. Bu abituriyentlar uchun o‘z kelajagini harbiy sohada ko‘rayotgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
Talabgorlar joriy yilning 10-oktyabridan 10-noyabriga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ariza topshirishlari lozim. Saralash jarayoni Vazirlar Mahkamasining 241-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.

Akademiyaga qabul qilingan talabalar kirish ballari yo‘nalishlar kesimida belgilangan talablarga javob berishi hamda barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tishi kerak.

Nomzodlar uchun asosiy talablar:

  • Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan bo‘lishi;
  • Bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan bo‘lishi;
  • 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilari;
  • 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlar;
  • Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar;
  • 26 yoshgacha bo‘lgan, bakalavriatda o‘qish istagidagi 1- va 2-kurs talabalari.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘qishni birinchi kursdan boshlaydilar. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar