Harbiy yo’nalishga topshiruvchilar uchun 5 ta qo’shimcha tanlov

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar qo’shimcha 5 ta yo’nalishni tanlashi mumkin. Barcha yangiliklar bilan tanishing.

6
Harbiy yo’nalishga topshiruvchilar uchun 5 ta qo’shimcha tanlov

Harbiy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda, nomzodlar tanlagan hududlarda tashkil etiladi.

Qo‘shimcha 5 ta yo‘nalish imkoniyati

Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlarda asosiy yo‘nalishdan tashqari yana 5 ta qo‘shimcha yo‘nalishni tanlash imkoniyati mavjud. Umumiy hisobda abituriyent 6 ta yo‘nalishni tanlashi mumkin. Tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Imtiyozlar va tavsiyanomalar bilan ishlash

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishlari lozim:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojizlar va xalqaro sertifikat egalari o‘z imtiyozlarini tizimga kiritishlari kerak.
  • Boshqa turdagi imtiyozlar tegishli vazirliklar ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
  • Agar imtiyoz tizimda ko‘rinmasa, abituriyent zudlik bilan tegishli vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi shart.

Barcha abituriyentlar uchun ma’lumotlar tizimda o‘z vaqtida aks etishi muhim ahamiyatga ega. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar