Davlat va xususiy universitetlarga bir vaqtda topshirish

Davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalariga bir vaqtning o’zida hujjat topshirish tartiblari va muhim cheklovlar haqida batafsil ma’lumot oling.

8
Davlat va xususiy universitetlarga bir vaqtda topshirish

Davlat va xususiy oliygohlarga bir vaqtda hujjat topshirish mumkinmi?

Abituriyentlar uchun eng dolzarb savollardan biri: davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalariga bir vaqtning o‘zida hujjat topshirish mumkinmi? Ushbu maqolada oliygohlarga kirish tartiblari va cheklovlar haqida to‘liq ma’lumot beramiz.

Hujjat topshirish tartibi qanday?

O‘zbekistonda abituriyentlar o‘z imkoniyatlarini oshirish uchun quyidagi qoidalarga amal qilishlari lozim:

  • Davlat oliygohlari: Abituriyentlar maksimal 5 ta universitetga hujjat topshirishlari mumkin.
  • Xorijiy va xususiy universitetlar: Bunda qat'iy cheklov yo‘q, istalgancha OTMga ariza topshirish huquqiga egasiz.

Tanlov jarayonida kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni sahifamizdan kuzatib boring.

Muhim eslatma

⚠️ Diqqat! Hujjat topshirish jarayoni cheklanmagan bo‘lsa ham, o‘qishni boshlash bosqichida faqat bitta OTMni tanlashingiz kerak. Qonunchilikka ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ikki xil ta’lim muassasasida yoki ikki yo‘nalishda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olish imkoni yo‘q.

Xulosa

Abituriyentlar o‘z imkoniyatlarini kengaytirish uchun davlat, xususiy va xorijiy universitetlarga bir vaqtda hujjat topshirishlari mumkin. Asosiysi, yakuniy tanlovda o‘zingizga mos va istiqbolli yo‘nalishni tanlang.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar