Davlat OTMlari qabul 2025: Hujjat topshirish tartibi va sanalar

2025/2026-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga qabul 20-iyundan boshlanadi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish, test sinovlari va yo‘nalish tanlash tartibi haqida bilib oling.

7
Davlat OTMlari qabul 2025: Hujjat topshirish tartibi va sanalar

Davlat OTMlariga qabul 2025: Asosiy ma'lumotlar

2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. Abituriyentlar hujjatlarini faqat onlayn shaklda taqdim etishlari shart.

Hujjat topshirish uchun rasmiy platformalar:

  • my.uzbmb.uz – “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi;
  • my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Qabul jarayoni bosqichlari

Yangi tizimga ko‘ra, abituriyentlar avval test topshirib, so‘ngra to‘plagan ballariga qarab yo‘nalish va oliygohni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu jarayon abituriyentlar uchun shaffof va oqilona tanlov qilish imkonini beradi:

  1. Hujjat topshirish: Ro‘yxatdan o‘tish va kerakli hujjatlarni yuklash.
  2. Test sinovlarida qatnashish: Kirish imtihonlarini topshirish.
  3. Yo‘nalish tanlash: Imtihon natijalari e’lon qilingach, ball asosida oliygoh va ta’lim yo‘nalishini tanlash.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar