Community Solutions Program: AQSHda to‘liq moliyalashtiriladigan amaliyot
O‘zbekistonlik yosh liderlar va mutaxassislar uchun AQSHda o‘z bilim va tajribalarini oshirish imkoniyati ochildi. Community Solutions Program (CSP) – bu jamiyatdagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro dasturdir.
Dastur doirasida tanlab olingan nomzodlar 4 oy davomida AQSHda amaliyot o‘tab, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantiradilar va o‘z yurtlariga qaytganlaridan so‘ng jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga hissa qo‘shadilar.
Dasturning afzalliklari
Ishtirokchilar uchun quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
- J-1 viza jarayonida to‘liq ko‘mak;
- Xalqaro va ichki sayohat xarajatlarini qoplaydigan stipendiya;
- Uy-joy, ovqatlanish va kundalik turmush xarajatlari uchun oylik nafaqa;
- Baxtsiz hodisalar va kasalliklardan sug‘urta qoplamasi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- 25-38 yosh oralig‘ida bo‘lish;
- Jamoaviy rivojlanish loyihalarida kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lish;
- AQSHda o‘tkaziladigan tadqiqot loyihalarida ayni vaqtda qatnashmayotgan bo‘lish;
- Yarim final bosqichi uchun IELTS yoki TOEFL sertifikatlariga ega bo‘lish;
- Dasturdan so‘ng kamida ikki yil o‘z mamlakatida faoliyat yuritish majburiyati.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va talabalar uchun foydali resurslar hamda abituriyentlar uchun kerakli ma’lumotlarni saytimizdan topishingiz mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Eslatma:
- Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yo‘l yo‘riqlari bilan batafsil bu yerda tanishing;
- Onlayn ro‘yxatdan o‘tishni boshlash uchun bu yerga o‘ting.
Dastur haqida batafsil ma’lumotni rasmiy IREX saytidan olishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2021-yil 27-oktabr.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.