Chirchiq shahrida yangi xalqaro universitet filiali ochildi
O‘zbekiston yoshlari uchun yana bir imkoniyat eshigi ochildi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 406-sonli qaroriga binoan, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining Chirchiq shahridagi filiali o‘z faoliyatini boshlamoqda.
Ta’lim jarayoni va diplom
Filialda o‘quv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga moslashtirilgan holda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda rasman tan olinadigan universitet diplomi beriladi.
Abituriyentlar uchun imkoniyatlar
Universitetda bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Agar siz ushbu oliygohga yoki boshqa oliygohlar kirish ballari bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, ma’lumotlarimizni kuzatib boring.
Ijtimoiy himoya va grantlar
Mazkur filialda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun alohida e’tibor qaratilgan. Har yili qabul parametrlarining kamida 5 foizi iqtidorli yoshlar uchun bepul (grant asosida) o‘qishga ajratiladi. Abituriyentlar uchun barcha yangiliklar va qabul tartiblari haqida batafsil ma’lumotni infoedu.uz saytidan olishingiz mumkin.
- Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari.
- Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.
- Litsenziya asosida sifatli ta’lim.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.